09 iyu 12:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Showtime prezidenti: Joshua - Uaylder jangini o'tkazish fursati etdi
Amerikaning dunyoga mashhur sportga ixtisoslashgan Showtime telekanali Stiven Espinosaning fikricha, superog'ir vazn toifasida birlashtiruvchi chempionlik jangining o'tkazilish fursati etgan.
Hozirda britaniyalik Entoni Joshua WBA, WBO va IBF yo'nalishlari chempioni bo'lib turibdi. Eng nufuzli hisoblangan WBC chempionlik kamari esa amerikalik Deontey Uaylderga tegishli.
“Juda ko'pchilik bu jangning o'tkazilishini kutmoqda. SHaxsan men ham birlashtiruvchi chempionlik jangining shu yilning o'zidayoq o'tkazish tarafdoriman. Men ega bo'lgan malumotlarga ko'ra, jang katta ehtimol bilan shu yilning o'zidayoq o'tkaziladi”, - dedi Espinosa.
Eslatib o'tamiz, Uaylder chempionlik jangining AQSHda, Joshua esa Buyuk Britaniya hududida o'tkazilishini xohlamoqda.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar