12 fev 15:14
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Tajribali Yoxannes Byo Olimpiada chempioni bo'ldi
Xitoyda davom etayotgan Qishki Olimpiadada navbatdagi medallar jamlanmasi o'z egalarini topdi.
Biroz avval biatlon bo'yicha erkaklar o'rtasidagi sprint bahslari yakuniga etdi. Norvegiyalik tajribali biatlonchi Yoxannes Byo eng yaxshi ko'rsatkich bilan Olimpiada chempioni bo'ldi. U o'q otish maydonchasida bitta xatoga yo'l qo'ygan.
O'n kilometr masofaga o'tkazilgan sprint bahsida kumush medal franciyalik Kentent Fiyon Mayega nasib etgan bo'lsa, sovrindorlar uchligini norvegiyalik Tarey Byo yakunlab berdi.
Biatlon. Sprint, 10 km. Erkaklar.
1. Yoxannes Byo (Norvegiya) – 24.00,04 (o'q otishda 1 ta xato)
2. Kenten Fiyon Maye (Franciya) – peshqadamdan ortda qolish +25,5 (1 ta xato)
3. Tarey Byo (Norvegiya) ortda qolish+38,9 (1 ta xato)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar