10 iyu 08:51
Yangiliklar
Boks/MMA
Tayson Fyuri 2,5 yillik tanaffusdan so'ng o'zidan 30 kg engil raqib bilan jang qildi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri 2,5 yillik tanaffusdan so'ng yana ringga ko'tarildi.
Ushbu jangda britaniyalik bokschi faoliyatidagi eng og'ir vaznda ringga chiqdi. Fyuri 125,4 kg, uning raqibi albaniyalik Sefer Seferi esa 95,3 kg vazn holatida o'zaro jang o'tkazishdi. Bu Fyurining Vladimir Klichkoga qarshi o'tkazgan jangidagi vaznidan 13 kilogrammga ko'p demakdir.
Jang to'rtinchi raunddan so'ng yakunlandi. Ringda yaqqol ustunlikni sezgan Seferining jamoasi jangni davom ettirishdan foyda yo'qligini tushunib etishdi va bahsni to'xtatishdi. Sefer faoliyatidagi asosiy janglarini birinchi og'ir vazn toifasida o'tkazgan.
Havola :
Fikrlar