08 iyu 10:41
Yangiliklar
Tayson Fyuri: “Oxirgi jangimga 1000 kun bo'ldi, Seferi meni nokaut qilishi mumkin”
Britaniyalik bokschi 9 iyun kuni albaniyalik Sefer Seferiga qarshi ringga ko'tariladi. Fyuri bo'lajak jang haqida fikr bildirar ekan, raqibining imkoniyatlarini yaxshiroq baholadi.
“Seferi - yaxshi bokschi va shu boisdan unga hurmat bilan qarayapman. Raqib imkoniyatini yaxshi baholamaslik yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Janglarining 21tasida raqiblarini nokautga uchratgan ekan, demak u haqiqiy pancher.
O'sha nokautlar seriyasini menga qarshi kechadigan jangda ham davom ettirishi mumkin. Buning uchun uning zarbalari mening bosh qismimga etib kelishi kerak. Vazifam bunga imkoniyat bermaslik bo'ladi. Men kuchsizroq raqibni tanlab, birinchi yoki ikkinchi raundda g'alaba qozonishim mumkin edi. Lekin 1000 kundan beri jang o'tkazmaganim uchun kuchliroq raqibni tanladim”, - dedi Fyuri.
Fikrlar