29 iyu 08:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Tayson Fyuri: “Uaylder, menga shartnoma jo'nat, 3 soniyada unga imzo qo'yaman”
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri WBC chempioni amerikalik Deontey Uaylderga video murojaat qildi.
Britaniyalik bokschi ayni paytda WBA, IBF hamda WBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua bilan muzokara olib borib, yakunda omadsizlikka uchragan Uaylderdan o'ziga shartnoma jo'natishini so'ragan.
“Uaylder, menga shartnoma jo'nat. Bu shartnomaga 3 soniya, mayli 3 daqiqada imzo chekaman. Lekin avval menejering El Xeymon bilan maslahatlashib ol. Sen dunyoning eng zo'r bokschisi bilan jang qilishni istaysanmi? Unda mening eshigimni taqillat!”, - dedi Fyuri.
Havola :
Fikrlar