09 iyu 10:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Tayson raqibidan 30 kg og'ir chiqdi, bu Fyurining faoliyatidagi eng og'ir vazn!
Bugun professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri 2,5 yillik tanaffusdan so'ng yana ringga ko'tariladi.
Etiborlisi, bugungi jangda britaniyalik bokschi faoliyatidagi eng og'ir vaznda ringga chiqadi. Kecha o'tkazilgan rasmiy tarozidan o'tish marosimida Fyuri 125,4 kg tosh bosdi. Bu uning Vladimir Klichkoga qarshi o'tkazgan jangidagi vaznidan 13 kilogrammga ko'p deganidir.
Uning raqibi albaniyalik Sefer Seferining vazni esa 95,3 kg chiqdi. Seferi faoliyatidagi asosiy janglarini birinchi og'ir vazn toifasida o'tkazgan. Vazn o'lchash marosimidan so'ng Tayson Fyuri o'zidan 30 kg engil bo'lgan Seferini ko'tarib olgan.
Havola :
Fikrlar