10 iyu 11:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Terens Krouford Pakyao uchun Xorndan munosib o'ch oldi
Birinchi yarim o'rta vazn toifasida sobiq mutloq jahon chempioni Terens Krouford yana jahon chempioniga aylandi.
Amerikalik bokschi avstraliyalik Jeff Xornga qarshi ringga ko'tarildi va raqibiga tegishli bo'lgan chempionlik yarim o'rta vazn toifasidagi WBO kamarini tortib oldi.
O'n ikki raundga mo'ljallangan jangning to'qqizinchi raundida Krouford raqibini nokautga uchratdi. Xorn ushbu chempionlik kamarini sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyaoni shubhali tarzda mag'lub etib, qo'lga kiritgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar