15 sen 18:03
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/45221_220.jpg)
Tito Ortis: "Makgregor Xabibni birinchi raunddayoq nokaut qiladi"
Aralash qoidalar bo'yicha yarim og'ir vaznda sobiq UFC chempioni Tito Ortis Konor Makgregorning tezkor g'alabasini taxmin qildi.
Xabaringiz bor, 6 oktyabr kuni Las-Vegas shahrida engil vaznda UFC chempioni rossiyalik Xabib Nurmagomedov hamda ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi oktagonga chiqadi.
"Konor birinchi raunddayoq Xabibni nokautga uchratadi. Nega bunchalik tez? CHunki Makgregor juda tezkor sportchi, ha juda ham. Aynan shu holat jang taqdirini hal qiladi", - dedi Ortis.
Havola :
Fikrlar