04 iyu 09:39
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/41379_220.jpg)
Toni Belyu: “Faqat Uaylderda Joshuani mag'lub etish uchun imkoniyat bor”
Britaniyalik superog'ir vazn toifasidagi bokschi Toni Belyu hozir ushbu divizionda yuzaga kelgan holat haqida fikr bildirdi.
Belyuning fikricha, bugungi kunda WBA, WBO va IBF yo'nalishlari chempioni Entoni Joshuani mag'lub etishga birgina WBC chempioni amerikalik Deontey Uaylder qodir ekan.
“Deontey Uaylder professional ringda 40ta jang o'tkazdi. Birgina Luis Ortisni inobatga olmaganda, boshqa kuchli bokschilar bilan to'qnash kelmadi. Lekin shuning barobarida aynan Uaylder Entoni Joshuani mag'lub etishga qodir yagona bokschi bo'lib turibdi. Boshqa hech kimning Entoni bilan jangda g'alabaga imkoniyati yo'q. Xatto Tayson Fyuri ham 12 raund turib bera olmaydi”, - dedi Belyu.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar