So’nggi yangiliklar

13:40АҚШ Ўзбекистондаги шахмат Олимпиадасига қандай таркиб билан келиши аниқ бўлди 0 13:14WBO Дмитрий Бивол учун мажбурий даъвогарни белгилади 0 12:46Португалиянинг ЖЧ-2026 дан чиқиб кетганида Роналдуни айблашди 0 12:23"Конор Макгрегорнинг энг кучли талқинига қарши жангга тайёргарлик кўряпман" - Холлоуэй 0 11:59Расман! Мурат Гассиевнинг рақиби эълон қилинди 0 11:36UFC 331 турнирининг санаси, манзили, асосий жанги очиқланди 0 11:01"Тож ҳеч қачон тушмайди". Роналдунинг опаси — ҳужумчининг Португалия терма жамоасидан кетиши ҳақида 0 10:33Йен Гэрри: "Махачевни ўз қуроли билан енгаман" 0 10:32Ана холос! Қозоғистонлик жаҳон чемпиони рафиқасига нисбатан шафқатсиз зўравонликда айбланмоқда! 0 09:47Ўзбекистон профессионал бокс федерациясига янги раис сайланди 0 09:02ЎФАга очиқ савол: терма жамоаларга мураббий тайинлашда қачонгача “эксперимент” қилинади? 0 19:01WBA рейтинги ҳам янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи 0 18:30Расман. Санжар Зокировнинг кейинги рақиби чеченистонлик жангчи бўлади 0 17:43WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди 0 17:22Блаттер Балогун ҳақида: "ФИФА, қаёққа қараб кетяпсан?" 0

10 iyu 16:20
Yangiliklar

Boshqalar

Turon sporti bo'yicha xalqaro federaciyaga asos solindi

Teglar :  Turon
Uning bosh qarorgohi Nyu-Yorkda bo'ladi.

Toshkent shahar sport boshqarmasi majlislar zalida Xalqaro Turon federaciyasini tashkil etishga bag'ishlangan Konferenciyada Sport vazirligi, Osiyo Turon yakkakurashi assosiaciyasi, O'zbekiston Turon federaciyasi mutasaddilari, murabbiy va sportchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. SHuningdek konferenciyani Zoom platformasi orqali Amerika Qo'shma shtatlari, Kanada, Buyuk Britaniya, Hindiston,Latviya,Turkiya, Pokiston, Yaponiya hamda yon qo'shnilarimiz Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Afg'oniston kabi davlatlar vakillari ham kuzatib borishdi.

Takidlash joiz, mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan o'zlikni anglashga alohida ahamiyat qaratiladi. Natijada o'zbek xalqining asriy qadriyatlari qayta tiklandi, ayrimlari esa jahonga yuz tutdi. Bunga misol qilib milliy sport turlaridan kurash, O'zbek jang sanati va boshqalarni dastavval mamlakatimizda ommaviylashib, so'ngra xalqaro sport maydoniga chiqqanligini aytishimiz mumkin. Jumladan Turon yakkakurashiga ham 1991-yilda asos solindi. Tarixi Amir Temur bobomiz zamoniga borib taqaladigan ushbu sport turining zamonaviy qoidalari sport fidoyisi Bahodir Saidov tomonidan ishlab chiqildi va aholi, xususan yoshlar orasida ommalashtirish yo'lida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Ilk xalqaro musobaqalar o'tkazildi. Ko'pgina davlatlarda Turon yakkakurashi bo'yicha mahalliy federaciyalarga asos solindi, Osiyo Turon yakkakurashi associaciyasi tashkil etildi, xullas Turon sportini jahonga yoyish borasida anchayin ishlar bajarildi. Biroq so'nggi yillarda, ayniqsa B.Saidov olamdan o'tganidan keyin Turon sporti rivoji to'xtab qoldi, deb gapirsak xato bo'lmaydi. 

Mazkur vaziyatda Turon sportining bir guruh fidoyilari Bahodir Saidov boshlagan ishlarni davom ettirish, ushbu sport turini xalqaro maydonga olib chiqish, turli kompleks musobaqalar dasturiga kiritish, buning uchun esa Turon sportining xalqaro tashkilotini tuzish taklifini ilgari surishdi.

Xalqaro Turon federaciyasini tashkil etish boyicha konferensiyada bir qator masalalar ko'rib chiqildi:

1. Xalqaro Turon federaciyasini tashkil etish;

2. Federaciyaning Nizomini tasdiqlash;

3. Federaciyaning gerbini tasdiqlash;

4. Xalqaro Turon federaciyasi prezidentini tasdiqlash.


“Bugungi kunda Turon sportini xalqaro miqyosda rivojlantirish uchun hammamiz birgalikda harakat qilishimiz kerak. Bugun barcha sohalarda bo'lgani kabi sportda ham AQSH dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri ekani yaxshi malum. Agar Turon sport turining xalqaro tashkiloti AQSHda tashkil etilsa bu Turon sportini xalqaro maydonlarda tezroq o'z ornini topishiga yordam beradi. SHu munosabat bilan men AQSHning Nyu-York shahrida Xalqaro Turon Federaciyasini (International Turon Federation - ITF) tashkil etishni taklif etaman,” - dedi O'zbekiston Turon federaciyasi raisi B.Hidoyatov.


Konferenciyada so'zga chiqqan murabbiy F.Niyazimbetov tashkilot Nizomi xalqaro va AQSH qonunlari asosida qayta ishlab chiqilganligini aytib o'tdi va Nizom bir ovozdan maqullandi.

Xalqaro Turon federaciyasining gerbi yig'ilganlarda ijobiy taassurot qoldirdi. Gerb markazida ikki sportchini ifodalovchi inson figuralari tasvirlangan. CHap tomonda ko'k rangda, o'ng tomonda esa qizil rangda tasvirlangan bu figuralar yuqoriga intilayotgan ko'rinishda, ular orasida esa er sayyorasi aks etgan.  qitalari ko'k va oltin/sariq rangda ko'rsatilgan kichik globus joylashgan. Aylana shaklidagi dizaynning yuqori qismida “TURON” so'zi yirik qora harflarda yoy shaklida joylashgan. Markaziy tasvir ostida “ITF” qisqartmasi yirik harflarda yozilgan bo'lib, undan pastda to'liq nom — “INTERNATIONAL TURON FEDERATION" yozuvi joylashgan. Emblemaning ikki chetida g'oliblik, yutuq va sportdagi muvaffaqiyatni ifodalovchi ananaviy ramz — oltin rangdagi zaytun/g'alaba novdalari mavjud. Bu Olimpiya o'yinlarining ramzlaridan biri sanaladi. Dizayn Turon sporti doirasidagi global birlik, musobaqa, g'alaba va xalqaro hamkorlik g'oyalarini aks ettiradi.


Konferenciya kun tartibidan o'rin olgan 4-masala - Xalqaro Turon federaciyasi prezidentini saylash bo'yicha so'z olgan B.Hidoyatov shunday dedi:  

- Xalqaro Turon federaciyasi bugungi kunda AQSHning Nyu-York shahrida tashkil etilayotganini inobatga olgan holda, tashkilot rahbarligiga Turon sporti bo'yicha bir qator xalqaro turnirlar g'olibi, sport ustasi Farrux Niyazimbetov nomzodini tavsiya qilaman. U yosh, izlanuvchan va intiluvchan, eng muhimi Turon sportini sevadi.

Konferenciya ishtirokchilari bir ovozdan F.Niyazimbetov nomzodini Xalqaro Turon federaciyasi prezidentligiga maqullashdi. 

SHu tariqa, Farrux Niyazimbetov Xalqaro Turon Federaciyasining Prezidenti etib bir ovozdan saylandi. 

Tadbirda so'zga chiqqan Sport vazirligi boshqarma boshlig'i M.Yunusov ushbu tarixiy voqea bilan barcha Turon sporti oilasini tabrikladi va o'z navbatida ushbu sport turini yanada ommalashtirish va rivojlantirishda vazirlik jamoasi har tomonlama qo'llab-quvvatlashini bildirdi.


Konferenciya kun tartibiga qo'yilgan masalalar yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar inobatga olinib, F.Niyazimbetovga Xalqaro Turon federaciyasi azolarining ro'yxatini shakllantirish, AQSHning Nyu-York shahrida yangi tashkilotni davlat ro'yxatidan o'tkazish, shuningdek qisqa muddatda Toshkent shahrida Turon sporti bo'yicha birinchi tarixiy Jahon kubogi musobaqasini yuksak saviyada o'tkazish vazifasi yuklandi.

Otabek Eshmamatov AQSHdan maxsus


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing