26 iyu 14:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Uaylder Joshua bilan jang uchun shartnoma imzolashga tayyor
WBC yo'nalishi chempioni Deontey Uaylder Entoni Joshua bilan jang shartnomasiga imzo chekishga tayyor.
Bu haqida uning menejeri SHelli Finkel aytib o'tdi.
"Men Joshuaning jamoasiga bir qancha bandlarni qo'shib shartnomani qayta jo'natib yubordim. Umid qilamanki, muammo yuzaga kelmaydi.
Bunga kafolat beraman: Uaylder Joshuaga qarshi jang qilishga tayyor. Biz Britaniga Entoni 50 million dollar olishi mumkin bo'lgan shartnomani jo'natdik. Ular rad etishdi. Endi Deontey ularning shartlariga ko'nishga tayyor", - dedi Finkel.
Havola :
Manba : Boxing News 24
Fikrlar