27 iyu 13:42
Yangiliklar

Uaylder - Joshua jangi joriy 2018 yilda o'tkazilmaydi
Bu malumotni WBA, IBF va WBO yo'nalishlari chempioni Entoni Joshua hamda WBC chempioni Deontey Uaylderning promouterlari ham tasdiqlashdi. Uaylderning maslahatchisi SHelli Finkelning aytishicha, unga Joshuaning promouteri Eddi Xirn maktub yo'llab, jang bu yil hisobidan aniq o'tkazilmasligini malum qilgan.
Xirn WBA tashkiloti talabiga ko'ra o'z chempionlik kamarini rasmiy davogar rossiyalik Aleksandr Povetkindan himoya qilishi kerak. Rejaga ko'ra ushbu chempionlik jangi sentyabr oyiga mo'ljallanmoqda.
“Hamma kutayotgan Joshua - Uaylder jangi bu yil o'tkazilmqda. Entonining jamoasidan maktub oldim. Ular avvaliga majburiy himoya jangini o'tkazishmoqchi. CHunki, WBA tashkiloti bu jagngning o'tkazilishini majburiy qilib qo'ygan. Birlashtiruvchi chempionlik jangi esa 2019 yilning 13 aprel kuni London shahridagi “Uembli” stadionida bo'lib o'tadi.
Fikrlar