01 iyu 07:38
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/41204_220.jpg)
Uaylder: "Umid qilamanki, Povetkin Joshuani nokaut qiladi"
Og'ir vazn toifasida jahon chempioni Deontey Uaylder Entoni Joshuaning unga qo'ygan sharti haqida gapirdi.
"Endi men gonorarlarni faqatgina teng miqdorda bo'linishiga ham tayyorman. Ortiqcha shart emas. Men bu jang bo'lishi uchun barcha ishni qildim.
Endi uning kimga qarshi jang qilishini men uchun farqi yo'q. Umid qilamanki, Povetkin uni nokaut qiladi. Judayam umid qilaman. Joshuaning aslida kim ekanligini butun dunyo ko'rsin. Men jang qilish uchun barcha ishni qildim, ammo u menga qarshi ringga chiqishni istamadi", - dedi Uaylder.
Havola :
Manba : Boxingscene
Fikrlar