So’nggi yangiliklar

16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0

06 mar 13:21
Yangiliklar

Voleybol

Univerciada-2020: Voleybol bo'yicha yakuniy musobaqa g'olibligi mezbonlarga nasib etdi

Teglar :  Univerciada-2020
Xabaringiz bor, joriy yilning 1-4 mart kunlari oliy talim muassasalari talaba-qizlari o'rtasida kichik olimpiada maqomini olgan Univerciada-2020 sport musobaqalarining voleybol bo'yicha final bosqichi Nukus shahrida bo'lib o'tdi.

Musobaqada mintaqaviy bosqichda g'oliblikni qo'lga kiritgan 4 ta jamoa – Qoraqalpog'iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Jizzax viloyatlari terma jamoalari ishtirok etdi. Bir necha kun davom etgan musobaqa murosasiz ruhda davom etdi.Musobaqa davomida dastlab samarqandlik, so'ngra namanganlik qizlarni to'liq ustunlik bilan mag'lubiyatga uchratgan Qoraqalpog'iston Respublikasi terma jamoasi yakuniy o'yinni Jizzax viloyati jamoasi bilan o'tkazdi.

O'zaro o'yin davomida jizzaxlik sportchilardan 25:20, 25:10 va 25:14 hisobida ustun kelgan qoraqalpog'istonlik qizlar musobaqa yakunida 1-o'rinni egalladi. Namangan viloyati 2-o'rin, 3-o'rin esa jizzaxlik yoshlarga nasib qildi. Malumot uchun, Qoraqalpog'iston terma jamoasi tarkibi Nukus davlat pedagogika institutining talaba-qizlaridan iborat bo'ldi.

Sportchilarni musobaqaga Qoraqalpog'istonda xizmat ko'rsatgan murabbiy, O'zbekiston sport faxriysi, sport ustasi Azat Kazakov tayyorladi.

Voleybol bo'yicha «Univerciada-2020» sport musobaqalarida 1-o'rinni egallagan Qoraqalpog'iston Respublikasi terma jamoasi 2021 yil bo'lib o'tadigan jahon «Univerciada» o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Malumot uchun, Qoraqalpog'iston Respublikasi voleybol bo'yicha qizlar terma jamoasi so'nggi marta 2007 yil o'tkazilgan «Univerciada» sport musobaqalarida oltin medalni qo'lga kiritgan edi.






Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing