03 iyu 11:09
Yangiliklar
WBSS: Troyanovskiy WBA chempioniga qarshi ringga chiqadi
Birinchi yarim o'rta vazn toifasi doirasida o'tkaziluvchi ushbu jangda rossiyalik sobiq jahon chempioni Eduard Troyanovskiy WBA chempionlik kamari sohibi belaruslik Kirill Relixga qarshi ringga ko'tariladi.
“Bu turnirda ishtirok etayotganimdan xursandman. Muhammad Ali Kubogini qo'lga kiritish har bir bokschining orzusi hisoblanadi. SHaxsan men uchun bu kubok jahon chempionlik kamaridan ham yuqori va aziz! Bosh maqsadim - turnirda g'alaba qozonib, kubokka ega chiqish”, - dedi Troyanovskiy.
Malumotda keltirilishicha, chorak final janglari kuz oylarida o'tkaziladi. Yana bir chorak final jangida Ivan Baranchik va Entoni Yigit o'zaro to'qnash kelishadi. Mazkur jang g'olibi vakant bo'lib qolgan IBF chempionlik kamarini qo'lga kiritadi.
Fikrlar