03 iyu 12:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedovning jangi 6 oktyabrga rejalashtirilmoqda
Aralash qoidalar bo'yicha engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov navbatdagi jangini oktyabr oyida o'tkazadi.
Rossiyalik jahon chempioni ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni irlandiyalik Konor Makgregorga qarshi jang o'tkazish istagida yonmoqda. Lekin Konorning o'zi bu borada aniq fikr bildirmayapti.
Nurmagomedovning o'zi 6 oktyabr kuni chempionlik himoya jangini o'tkazishni rejalashtiryapti. Agar Makgregor bu jangga rozilik bermagan taqdirda Toni Fergyuson bilan muzokara boshlanadi. Toni hozirda jarohatini davolash bilan band.
Eslatib o'tamiz, Konor Makgregor 26 iyul kuni Nyu-York sudida takroran hozir bo'ladi va aprel oyida avtobusga hujum uyushtirgani uchun so'roq qilinadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar