01 iyu 14:46
Yangiliklar

Xitoylik bokschi Lomachenkoning rekordini yangilash ostonasida
15 iyul kuni Malayziyada professional boks oqshomi o'tkazilib, markaziy jang 8 vaznda sobiq jahon chempioni Menni Pakyao yarim o'rta vazn toifasida WBA chempioni Lukas Matissega qarshi ringga ko'tariladi.
Ushbu boks kechasi doirasidagi janglarning birida biz aytayotgan rekord yangilanishi mumkin. Lyuy Bin (1-0, 1KO) birinchi engil vaznda WBA chempioni Karlos Kanizales (20-0-1, 16KO)ning kamarini olib qo'yish uchun ringga chiqadi.
Agar Bin g'alaba qozonsa, u holda prof ringda ikkita jang o'tkazib, jahon chempioni bo'lgan ilk bokschiga aylanadi. Hozircha rekord bir yo'la ikki bokschiga tegishli bo'lib turibdi. 1975 yili tailandlik Saensak Muangsurin, 2014 yilda esa ukrainalik Vasiliy Lomachenko o'zlarining uchinchi janglarida jahon chempionlik kamarini qo'lga kiritishgandi.
Fikrlar