31 jan 07:01
Yangiliklar
Amerikalik sportchini iti ehtimoliy o'limdan saqlab qoldi
Samolyotda jami 64 nafar yo'lovchi, xususan ular orasida bir necha figurali uchuvchi bor edi. Ammo bir sportchini o'z iti bu reysdan saqlab qoldi.
Bu haqda jurnalist Evdokim Raimov o'zining Telegram sahifasida xabar berdi:
"26 yanvar kuni AQSHda figurali uchish bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tdi. Turnir yakunlanganidan so'ng, ayrim sportchilar qaytayotgan samolyotda halokatga uchradi. Samolyot Vashington yaqinida qulab tushdi. Bortda 64 kishi bo'lib, kamida 18 kishi, jumladan bir necha figurali uchuvchilar va ularning murabbiylari halok bo'ldi. Baxtli tasodif tufayli figurali uchuvchi Jon Maravilla ushbu samolyotga chiqmay qoldi. Uni reysga qo'yishmadi, sababi — uning iti: "Ro'yxatdan o'tish peshtaxtasidagi agent menga itimning vazni og'ir ekanini aytdi, garchi bu bizning qaytish reysimiz bo'lsa ham. SHu sababli biz avtomobilda qaytishga qaror qildik", deydi sportchi.
Fikrlar