07 may 11:02
Yangiliklar
Futbol
Anchelotti faoliyatidagi 26-sovrinni qo'lga kiritdi
Karlo Anchelotti "Real" bilan birga 10ta sovrin yutdi.
Kecha Madrid klubi Ispaniya kubogi finalida "Osasuna"ni (2:1) mag'lub etdi.
"Real"dagi faoliyati davomida murabbiy bir marta Ispaniya chempioni bo'ldi, ikki marta Ispaniya kubogi, bir marta Ispaniya Superkubogi, ikki marta ECHL, ikki marta Evropa Superkubogi va ikki marta Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida zafar quchdi.
Italiyalik mutaxassis murabbiy sifatida jami 26ta sovrin yutdi: "Yuventus" bilan 1ta, "Milan" bilan 8ta, "CHelsi" bilan 3ta, "PSJ" bilan 1ta, "Bavariya" bilan 3ta va "Real" bilan 10ta.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar