09 fev 09:26
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Beshinchi kunning ilk oltin medali Norvegiyada!
Pekin-2022 Qishki olimpiya o'yinlarining beshinchi kunidan o'rin olgan bahslarda ilk medallar jamlanmasi o'z egalariga taqdim etildi.
Norvegiyalik fristaylchi Birk Ruud big-eyr yo'nalishida eng yaxshi natija bilan Olimpiada chempioniga aylandi. Uning oltin medali Norvegiya terma jamoasini medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida yana peshqadamga aylantirdi.
Amerikalik Kolbi Stivenson kumush, shveciyalik Xenrik Xarlaut bronza medaliga sazovor bo'ldi. Kecha ayollar o'rtasidagi ushbu yo'nalish musobaqasida xitoylik Eylin Gu Olimpiada chempioni bo'lgan edi.
Fristayl. Big-eyr. Erkaklar
1. Birk Ruud (Norvegiya) — 187,75.
2. Kolbi Stivenson (AQSH) — 183,00.
3. Xenrik Xarlaut (SHveciya) — 181,00.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar