14 iyu 14:00
Yangiliklar
Boks/MMA
Bokschilarimiz Dog'istondagi turnirda oltin va kumush medal qo'lga kiritishdi
Rossiya Federaciyasining Dog'iston Respublikasida boks bo'yicha I.Umaxanov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir nihoyasiga etdi.
Ushbu musobaqada o'zbekistonlik bokschilar ham ishtirok etishdi.
-56kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Abdulhay SHorahmatov bellashuvlarning finaliga qadar etib bordi va hal qiluvchi jangda qirg'izistonlik Sirojiddin Abdullaevni mag'lubiyatga uchratdi. SHu tariqa Abdulhay turnirdan oltin medal bilan qaytdi.
-49kg vazn toifasida musobaqada qatnashgan Nodirjon Mirzahmedov ham turnir finaliga qadar etib bordi. Ammo, hal qiluvchi bahsda u rossiyalik Edmond Xudoyanga imkoniyatni boy berdi va musobaqaning kumush medali bilan kifoyalandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar