06 avg 14:55
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/43102_220.jpg)
Daniel Korme: “Lesnar bo'lmasa Miochich bilan jang o'tkazaman”
Aralash qoidalar bo'yicha yarim og'ir va og'ir vazn toifalarida UFC chempioni Daniel Korme Stipe Miochichga qarshi takroriy jang o'tkazishga rozi ekanligini malum qildi.
Agar Kormening sobiq jahon chempioni Brok Lesnar bilan jangi amalga oshmay qolsa, u holda Miochichga qarshi revansh jangi imkoniyati beriladi.
“Miochichga revansh jangi uchun imkoniyat taqdim etamiz. Buning uchun bizga hech narsa to'sqinlik qilmaydi. Lekin Brok Lesnar ham faoliyatini qayta tiklash ilinjida yuribdi. U ham men bilan jang qilishni xohlamoqda. Ko'ramiz, Lesnar bo'lmasa Miochich bilan jang tashkil qilamiz”, - dedi ikki vazn toifasida jahon chempioni Korme.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar