11 iyu 17:45
Yangiliklar

Figurali uchish bo'yicha yangi mavsum uchun Gran-prilar taqvimi tasdiqlandi. Geynish va CHigiryov qaysi bosqichlarda qatnashadi?
Etiborlisi, bu yildan barcha Gran-prilar ro'yxati qaytadan shakllantirilib, mezbonlar aralashtirildi. Mavsum 17-19 oktyabr kunlari Franciyaning Anje shahrida boshlanadi. Final bosqichi esa 4-7 dekabr kunlari Yaponiyaning Nagoya shahrida bo'lib o'tadi.
Etiborlisi, juftlik yo'nalishida O'zbekiston terma jamoasi azolari, Milan va Kortina-2026 qishki Olimpiya o'yinlariga yo'llanma qo'lga kiritgan Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigiryov Xitoy (24-26 oktyabr) va AQSHdagi (14-16 noyabr) bosqichlarda bahs olib boradigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, figurali uchuvchilarimiz o'tgan mavsumdagi Gran-pri seriyasi doirasida Kanadadagi bosqichda kumush medalga ega chiqishgandi.
2025/26 yilgi mavsumda o'tkaziladigan gran-prilar ro'yxati:
17-19 oktyabr - Franciya, Anje
24-26 oktyabr - Xitoy, CHongqin
31 oktyabr-2 noyabr - Kanada, Saskatun
7-9 noyabr - Yaponiya, Osaka
14-16 noyabr - AQSH, Nyu-York
21-23 noyabr - Finlyandiya, Xelsinki
4-7 dekabr - Final. Yaponiya, Nagoya.
Fikrlar