07 may 17:52
Yangiliklar
Futbol
Inesta yozda "Vissel Kobe"dan ketishga qaror qildi
"Vissel Kobe" yarim himoyachisi Andres Inesta yapon klubidan ketishga qaror qildi.
38 yoshli ispanning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yanvariga qadar mo'ljallanganiga qaramay, o'yinchi Yaponiyadan iyulda ketmoqchi.
Inestaning o'z jismoniy holatidan va klubda egallab turgan rolidan noroziligi aytilmoqda. Yarim himoyachi faoliyatini yakunlamoqchi emas, u Yaqin SHarq va AQSH jamoalaridan takliflarni ko'rib chiqishni rejalashtirmoqda.
Inesta "Vissel Kobe"da 2018 yilning yozidan beri o'ynaydi. U joriy mavsum 4ta o'yinda maydonga tushdi.
Inesta 2002 yildan 2018 yilgacha "Barselona" tarkibida o'ynagan, futbolchi to'qqiz bor Ispaniya chempionati, to'rt bor CHempionlar ligasi va uch martadan UEFA Superkubogi va klublar o'rtasidagi JCHda g'olib chiqqan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar