29 iyu 01:37
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/41092_220.jpg)
Mahmud Muradov Ramiresga qarshi revansh jangini o'tkazdi
CHexiya poytaxti Praga shahrida aralash qoidalar bo'yicha X Figt Night oqshomi bo'lib o'tdi.
Ushbu oqshom doirasida o'zbekistonlik aralash qoidalar jangchisi Mahmud Muradov aham o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi. Unga braziliyalik David Ramires raqiblik qildi.
Jangning har bir raundi besh daqiqadan iborat bo'lib, uch raundga mo'ljallangan edi. Ushbu chempionlik jangi muddatidan avval yakunlandi. Ikkinchi raundning 30-soniyasi o'tib borayotgan bir paytda referi jangni to'xtatdi.
SHu tariqa, Mahmud Muradov 2016 yili o'tkazilgan jangdagi mag'lubiyat uchun David Ramiresdan munosib tarzda revansh oldi. O'sha jangdagi jarohat sabab hamyurtimiz bahsni davom ettira olmagan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar