15 iyu 15:40
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/42013_220.jpg)
Maykl Bisping: “Korme UFC tarixidagi eng kuchli jangchilardan biri”
Aralash qoidalar bo'yicha o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Maykl Bisping ikki vaznda jahon chempioni Daniel Korme haqida iliq fikr bildirdi.
Malumot uchun, Korme o'tgan hafta Stipe Miochichni nokautga uchratgan va ikki vaznda jahon chempioniga aylangan edi.
“Stipe jangni fantastik tarzda boshladi. Lekin Korme klinchda oktagon egasi ekanligini isbotladi. Danielning eng kuchli tomoni ham aynan klinch. Hozir Korme ikki vazn toifasida jahon chempioni, Strikeforce Gran-Pri g'olibi. U birgina Jon Jonsga imkoniyatni boy bergan. U Jorj Sent-Per va Demetrius Jonson bilan bir qatorda tilga olinuvchi tarixiy jangchidir”, - dedi Bisping.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar