30 okt 12:17
Yangiliklar
Qishki sport turlari
Minus 2 Olimpiada oltini: Rossiya endi Sochi-2014 da birinchi emas!
Sport arbitraj sudi (CAS) rossiyalik biatlonchi Evgeniy Ustyugovni antidoping qoida buzarliklarida aybdor deb topib, uning faoliyatidagi eng omadli to'rt yilida (2010-2014) qo'lga kiritgan barcha natijalarini bekor qildi.
Sportchining Sochi-2014 Olimpiadasidagi oltin medali hamda Vankuver-2010 olimpiya o'yinlaridagi oltin va bronza medallari olib qo'yildi.
Ustyugov bilan birga Sochi estafetasining boshqa ishtirokchilari ham oltin medallaridan ayrilishdi: A.Volkov, D.Malyshko va A.SHipulin, Vankuver bronzasidan esa: I.CHerezov, M.CHudov va A.SHipulin.
SHu tariqa, jamoaviy medallar hisobida Rossiya Sochi-2014 dagi birinchiligini Norvegiyaga boy berdi.
Manba: ANTI-DOPING.UZ
Havola :
Fikrlar