02 iyu 09:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Murodjon Ahmadalievning navbatdagi raqibi malum bo'ldi
Olimpiada va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliev professional ringdagi uchinchi jangini kimga qarshi o'tkazishi malum bo'ldi.
Olamsport.com saytiga malum bo'lishicha, Ahmadaliev 14 iyul kuni argentinalik Luis Fernando Molinaga qarshi o'tkazadi. Malumot uchun, Molina professional ringdagi faoliyati davomida bungacha 12ta jang o'tkazgan. SHu janglarning 7tasida u raqiblarini mag'lub etgan (2tasida nokaut evaziga). To'rtta jangda esa imkoniyatni boy bergan. Bitta jangda durang qayd etgan.
Ahmadaliev esa prof boksda ikki marotaba jang o'tkazib, ularning ikkalasida ham raqiblarini nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar