18 iyu 08:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Nihoyat, Elnur Abduraimovga raqib topildi, jang 21 iyunda o'tkaziladi
AQSHda professional boksdagi faoliyatini boshlashga yaqin turgan charm qo'lqop ustamiz Elnur Abduraimovga raqib topildi.
Unga ko'ra, Elnur Abduraimov avvaldan belgilanganidek, 21 iyun kuni AQSHning Nyu-York shtati Kuinz shaharchasida professional boksdagi debyut jangini o'tkazadi. Uning raqibi ugandalik Sulaymon Segava bo'ladi.
2013 yilda prof boksdagi faoliyatini boshlagan Segava shu kungacha 11ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 10tasida g'alabaga erishgan. Uchta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Yagona mag'lubiyatini shu yilning 28 aprel kuni Uilyam Fosterdan qabul qilib olgan.
Eslatib o'tamiz, Abduraimov aslida debyut jangini 18 may kuni AQSHda o'tkazilishi kerak edi. Lekin o'shanda Elnurning jangga ikki kun qolganda topilgan raqibi amerikalik Omar Etridj tibbiy ko'rikdan o'ta olmagandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar