09 sen 12:11
Yangiliklar
Dzyudo
Olti nafar dzyudochimiz Hungary Grand Slam 2026 turnirida ishtirok etadi
Dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Vengriya poytaxti Budapesht shahriga jo'nab ketdi.
11-13 sentyabr kunlari u erda "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi navbatdagi nufuzli musobaqa bo'lib o'tadi. Hungary Grand Slam 2026 turnirida O'zbekiston terma jamoasining olti nafar vakili tatamiga chiqadi.
Budapesht turnirida dunyoning 70 davlatidan jami 531 (325 erkak, 206 ayol) nafar dzyudochi medallar uchun bahs olib boradi.
Hungary Grand Slam 2026 uchun tarkibimiz:
-60 kg: Doston Ro'ziev
-73 kg: Elbek Tojiev
-81 kg: Murodjon Yo'ldoshev
Qizlar
-48 kg: Sevinch Murodova
-52 kg: Muhayyo Axmatova
-78 kg: Marjona Ko'chimova
Murabbiylar - Iskandar Rasulov, Aziz Tashmatov

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar