So’nggi yangiliklar

11:03Синдаров Clutch Chess турниридаги иштирокини муваффақиятли бошлади 0 10:22Toray Pan Pacific Open Tennis. Раҳимова дунёнинг 33-ракеткасини мағлуб этди 0 09:31Ўзбекистон ва Хитой крикет соҳасида ҳамкорликни янги босқичга олиб чиқмоқда 0 08:39Англия лига Кубоги. 4-даражали лиганинг 18-ўриндаги жамоаси "Арсенал"ни турнирдан чиқариб юборди 0 07:57Боксчиларимиз Жаҳон чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 07:06Янгиланган UFC рейтингида Кавана кўтарилди. Темировчи? 0 20:57Айтжан Халмаханов жаҳон чемпионатининг кумуш медалига сазовор бўлди 0 18:36Ямаль нима учун "Олтин тўп"ни ололмади? “France Football” бош муҳаррири изоҳ берди 0 17:49Кудерметова Гуанчжоудаги турнирда индонезиялик теннисчига қарши кортга чиқди 0 17:012027 йилнинг илк UFC турнири эълон қилинди + ПОСТЕР 0 16:07Бугун Синдаров Clutch Chess турниридаги иштирокини бошлайди 0 15:16Остон Ўрунов яна жароҳат олди 0 14:31Волкановски Топурия билан реванш ўтказишга тайёр 0 13:10Каспаров Жавоҳир Синдаровнинг Гукешга қарши жаҳон тожи учун баҳси ҳақида гапирди 0 12:08Жасур Алижонов Рамазон Темиров қаерда хато қилганини айтди 0

04 may 18:33
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

Osiyo Olimpiya kengashining amaldagi rahbari Raja Randxir Singx Toshkentga tashrif buyurdi

6 may kuni poytaxtimizda Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Ijroiya qo'mitasining yig'ilishi va O'zbekiston MOQ tashkil etilganining 30 yillik bayram dasturi bo'lib o'tadi.

Mazkur tadbirlarning faxriy mehmoni, OOKning amaldagi rahbari Raja Randxir Singx Toshkentga keldi.

Martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti Otabek Umarov, O'zbekiston MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov va Qo'mita raisi o'rinbosari Azizjon Kamilov kutib olishdi.

“Biz Osiyo Olimpiya kengashi Ijroiya qo'mitasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazish va O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi tashkil etilganining 30 yillik shodiyonasini do'stlarimiz bilan birgalikda nishonlash uchun tashrif buyurdik. Ijroiya qo'mita yig'ilishida bizni oldinda kutayotgan Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik rejalarini muhokama qilamiz. Qitamizda Olimpiya harakatining istiqbollari haqida fikr almashamiz. Birinchi navbatda, Prezident SHavkat Mirziyoevni mamlakatingizning sport sohasida erishayotgan yutuqlari bilan qutlab o'tmoqchiman. O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi bilan juda yaqin hamkorlik aloqalarimiz bor. SHuningdek, tashrifimiz davomida 2025 yil Toshkentda o'tadigan IV yoshlar Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik rejalarini ham ko'rib chiqamiz”, – deya o'z fikrlarini bildirdi Raja Randxir Singx janoblari.

Qayd etish joiz, OOK Ijroiya qo'mitasining yig'ilishi birinchi bor Toshkentda tashkil etilmoqda. Unda Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari, SHantou-2021 III yoshlar Osiyo o'yinlarining tashkiliy masalalari yuzasidan muhokamalar o'tkaziladi.

SHuningdek, yig'ilish kun tartibidan “Toshkent-2025” IV yoshlar Osiyo o'yinlariga ko'rilayotgan tayyorgarlikning taqdimot loyihasi o'rin olgan. Qitamiz sportiga oid muhim masalalar muhokama qilinadigan tadbirda 30 ga yaqin mamlakat vakillari qatnashadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing