03 sen 10:41
Yangiliklar
Qishki sport turlari

O'zbek qishki sportidagi noxush xabarlar davom etadi: Geynish va CHigiryov AQSH Gran-prisida ham qatnashmaydi
Figurali uchishning juftlik yo'nalishida O'zbekiston terma jamoasi azolari Ekaterina Geynish va Dmitriy CHigiryov yangi mavsumdagi ikkinchi Gran-pri bosqichini ham o'tkazib yuboradi.
Avvalroq, sportchilarning oktyabr oyida Xitoyning CHongqin shahrida tashkil etiladigan Gran-prida qatnashmasligi malum qilingandi. Endi Geynish va CHigiryov juftligi noyabr oyida Nyu-York mezbonlik qiluvchi AQSH Gran-pri bosqichini ham o'tkazib yuboradi.
Figurali uchishni yoritib boruvchi figurexing Telegram kanalining yozishicha, Ekaterina va Dmitriy juftlik sifatidagi sport faoliyatini yakunlashgan. Hozircha bunga sportchilar, murabbiylar yoki rasmiylarimiz munosabat bildirishganicha yo'q.
Agar mish-mishlar rost bo'lib chiqqan taqdirda, figurali uchuvchilarimizning 2026 yilgi qishki Olimpiya o'yinlari uchun qo'lga kiritgan yo'llanmalari hisobimizdan o'chirilishi mumkinligi aytilmoqda.
Havola :
Manba : isu-skating.com
Fikrlar