14 iyu 10:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Qudratillo WBC kamari bilan AQSHga jo'nab ketdi, jang sentyabrda!
Professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida AQSHga jo'nab ketdi.
Engilmas bokschimiz WBC Silver chempionlik kamari sohibi bo'lib turibdi. U 5 may kuni Toshkentda bo'lib o'tgan professional boks kechasida tanzaniyalik Tvaxa Kidukuni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgandi.
“Mashg'ulotlarni o'tkazish uchun AQSHga yo'l olyapman. Navbatdagi jangim sentyabr oyiga mo'ljallangan. Duo qilib turinglar”, - dedi Abduqahhorov.
Eslatib o'tamiz, Qudratillo Abduqahhorov professional boksdagi faoliyati davomida 15ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning barchasida g'alaba qozongan. To'qqizta jangini muddatidan avval nokaut bilan yakunlagan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar