24 apr 10:37
Yangiliklar
Futbol
Robert Levandovski etti yil avvalgi antirekordini takrorladi
Barselona hujumchisi Robert Levandovski 2016 yildan beri o'zining eng yomon natijasini ko'rsatmoqda.
Kecha polshalik hujumchi Ispaniya chempionatining 30-turi doirasidagi «Atletiko»ga (1:0) qarshi uchrashuvni ham golsiz tark etdi.
SHu tariqa, «Barselona» va Polsha terma jamoalaridagi so'nggi o'nta uchrashuvda 34 yoshli futbolchi atigi bitta bahsda gol urishga erishgan. U so'nggi bor 1 aprel kuni «Elche» darvozasini ishg'ol qilgan.
Levandovski 2016 yilning bahoridan beri bunday ceriyaga ega emas edi.
Joriy mavsumda Levandovski barcha musobaqalarda «Barselona» libosida 38 ta o'yinda maydonga tushdi. Bu o'yinlarda hujumchi 22 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar