23 jan 14:01
Yangiliklar
Qishki sport turlari
Tog' chang'ichimiz Qirg'izistondagi musobaqada ikkita oltin medalni qo'lga kiritdi
Qirg'izistonning Orlovka shahrida tog' chang'isi bo'yicha xalqaro musobaqa bo'lib o'tdi.
Ahamiyatlisi, ushbu musobaqa terma jamoamiz vakillari uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Xalqaro chang'i sport turlari federaciyasi taqvimidan o'rin olgan mazkur musobaqada yurtimiz sharafini Komiljon To'xtaev, Valeriya Kovalyova, Arman Gayupov, Medet Nazarov, Muhammadali Asanov, Rolan Raimkulov, Aqilbek Buxarbaev, Rano Imonqulova himoya qilishdi.
Etiborlisi, Pxyonchxan-2018 qishki Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi Komiljon To'xtaev gigant-slalom yo'nalishida har ikkala urinish yakunlariga ko'ra oltin medallarga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar