07 sen 15:42
Yangiliklar
Tokio-2020, Qishki sport turlari
Tokio Olimpiadasi tashkiliy qo'mitasi raisi 2030 yilgi Olimpiada ham Yaponiyada o'tishiga umid qilmoqda
Tokiodagi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarining tashkiliy qo'mitasi raisi Seyko Xasimoto 2030 yilgi qishki Olimpiya o'yinlari Sapporoda o'tishiga umid qilmoqda.
"Ishonchim komilki, 2030 yilgi qishki Olimpiada uchun Sapporo nomzodi jiddiy. Umid qilamanki, bu reallikka aylanadi va o'yinlar Sapporoda o'tkaziladi. Bundan tashqari, biz yana Yaponiya yaqin yillarda yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga mezbonlik qilishiga umid qilamiz", - dedi Xasimoto.
Malumot uchun, Sapporo 1972 yilda qishki Olimpiadaga mezbonlik qilgan. 2022 yilda qishki Olimpiada Xitoyda, 2026 yilgisi esa Italiyada o'tkaziladi.
Havola :
Manba : TACC
Fikrlar