08 fev 08:46
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
To'rtinchi kunning ilk oltin medali mezbonlarda
Biroz avval Pekinda Qishki olimpiya o'yinlarining to'rtinchi kungi bahslari boshlandi.
Kunning ilk medallar jamlanmasi ayollar o'rtasida fristaylning big-eyr yo'nalishida o'ynaldi. Unda Xitoy terma jamoasi fristaylchisi Eylin Gu eng yaxshi natija bilan Olimpiada chempioni bo'ldi.
Bu Xitoy fristayli tarixidagi birinchi medal hisoblanadi. Hamyurtimiz Lina CHeryazova 1994 yilgi Lillaxammer Olimpiadasida aynan fristaylda oltin medalni qo'lga kiritgan edi.
Big-eyr yo'nalishida franciyalik Tess Ledyo kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, SHveycariya terma jamoasi vakilasi Matilde Gremo bronza medaliga ega chiqdi.
Fristayl. Big-eyr. Ayollar
1. Eylin Gu (Xitoy) — 188,25.
2. Tess Ledyo (Franciya) — 187,50.
3. Matilda Gremo (SHveycariya) — 182,50.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar