19 iyu 12:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: “Makgregorni “yo'q” qilmoqchiman”
Aralash qoidalar bo'yicha engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov sobiq jahon chempioni Konor Makgregorga qarshi o'tkazilishi kutilayotgan jangi xususidagi savollarga javob berdi.
“Hozircha keyingi jangimni kimga qarshi o'tkazishimni aniq bilmayman. Lekin jang katta ehtimol bilan Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. Men Konor bilan jang qilishni istayman. O'ylashimcha, xuddi shunday xohish Makgregorda ham bor.
Meni tashvishga solayotgan holat shundaki, Makgregor bilan jangimizning o'tkazilish ehtimoli kuchaygani sayin Konorning o'zim jim bo'lib qoldi. Men qaysi raundda uni nokautga uchrataman? Bunga nafaqat men, balki hech kim aniq javob bera olmaydi. Lekin shunisi aniqki, men Makgregorni yo'q qilmoqchiman”, - dedi Nurmagomedov.
Havola :
Fikrlar