19 fev 10:15
Yangiliklar
Qishki sport turlari

Xarbin-2025 g'olibi Ekaterina Geynish: "Bu O'zbekiston uchun ilk g'alabamiz bo'ldi, umid qilamiz-ki, so'nggisi emas!"
Figurali uchuvchilar Dmitriy CHigiryov va Ekaterina Geynish Xarbin-2025 IX qishki Osiyo o'yinlari g'olibligidan keyin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Dmitriy CHigiryov: "O'zbekiston terma jamoasi uchun ishtirok etish biz uchun katta faxr. Bayroq qolganlardan balandda, birinchida turganida bizga zavq va g'urur bag'ishladi".
Ekaterina Geynish: "Dimaning gaplariga to'liq qo'shilaman. Biz uchun bu O'zbekiston tarkibidagi ilk g'alaba bo'ldi. Juda ham umid qilamiz, bu so'nggisi bo'lmaydi. Ishlashda davom etamiz",
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar