15 jan 21:13
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Xitoyda ilk omikron qayd etildi. Bu erda uch haftadan so'ng Olimpiada boshlanadi
4-20 fevral kunlari Xitoy poytaxti Pekin shahrida 24-Qishki olimpiya o'yinlari bo'lib o'tadi.
Xitoy hukumati mamlakatda koronavirusning "omikron" shtammi qayd etilgan ilk holat haqida xabar berdi. Pekinda 3 haftadan so'ng Olimpiada boshlanishi kerak.
Eslatib o'tamiz, Oq Olimpiadada O'zbekiston nomidan yagona sportchimiz - tog' chang'isi bo'yicha terma jamoamiz azosi Komiljon To'xtaev ishtirok etadi. U ayni paytda Italiyaning Bruniko shaharchasi yaqinidagi Manguelfo qishlog'ida italiyalik murabbiy Mattia Ganessi rahbarligida mashg'ulot olib boryapti. Bu mutaxassis qishki Olimpiya o'yinlariga O'zbekiston nomidan ro'yxatdan o'tkazilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar