So’nggi yangiliklar

15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0

28 apr 12:15
Yangiliklar

Qishki sport turlari

Yurtimizda short-trek va kyorling turlarini ham rivojlantiramiz

Teglar :  SHort-trekKyorling
O'tgan hafta O'zbekiston qishki sport turlari associaciyasining yangi rahbariyati tomonidan dastlabki ahamiyatli musobaqalardan biri figurali uchish bo'yicha O'zbekiston chempionati va rossiyalik taniqli sportchilar ishtirokida yulduzlar shou dasturi bo'lib o'tdi.

MOQ va Associaciya rahbariyati mazkur tadbirlar yakuni va kelgusi rejalar xususida suhbatlashdi. Unda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov va uning birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov, Qo'mita Bosh kotibi Oybek Kasimov, Iskander SHadiev boshchiligidagi O'zbekiston qishki sport associaciyasi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Dastavval Iskander SHadiev o'tkazilgan tadbirlar taassuroti haqida gapirib o'tdi.

“Ushbu musobaqa yakunida jamoamiz bilan ko'plab xulosalar chiqardik. Ular orasida figurali uchish sportiga ixtisoslashgan maktab ochish, terma jamoaga xorijlik murabbiyni jalb qilish asosiy planga chiqmoqda. Taniqli murabbiy Eteri Tutrebidze ushbu sportni yurtimizda rivojlantirish bo'yicha hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi. Musobaqa haqida esa ota-onalar va yosh sportchilarimiz o'zlarining iliq fikrlarini bildirib o'tishdi”, – dedi O'zbekiston qishki sport turlari associaciyasi raisi.

SHuningdek, MOQ raisi kelgusi rejalar borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Avvalo, selekciya ishlariga alohida ahamiyat qaratish zarur. Xorijlik mutaxassislarning mazkur jarayonni o'zlari amalga oshirishini men ham maqullayman. Hukumatimiz qishki sport turlarini rivojlantirishga ham katta etibor qaratmoqda. Biz bu borada o'z rejalarimizni qadam ba qadam hisob-kitob qilib olishimiz lozim. Bu yo'lda Milliy Olimpiya qo'mitasi barcha yordamni ko'rsatishga tayyor”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Tadbir davomida yurtimizda mavjud obektlardan unumli foydalangan holda short-trek, kyorling kabi qishki sport turlarini ham rivojlantirish, buning uchun mavjud bazalarni ko'zdan kechirish, bu borada yosh sportchilarga barcha sharoitlarni yaratib berish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing