07 fev 17:32
Yangiliklar
Iren Vyust yangi rekord o'rnatib, oltinchi bor Olimpiada chempioniga aylandi
Niderlandiyalik 35 yoshli Iren Vyust Pekin Olimpiadasining konkida 1500 metr masofaga yugurish bahslarida oltin medalni qo'lga kiritdi.
G'olib bu masofani 1 daqiqa 53,28 soniyada bosib o'tib, Olimpiadaning yangi rekordini o'rnatdi. Vyustdan 0,44 soniyaga ortda qolgan yaponiyalik Mixo Takagi ikkinchi, niderlandiyalik Antuanetta de Yong esa uchinchi bo'ldi.
Bu bilan Vyust Olimpiya o'yinlari tarixida konki sport turida oltin medallar soni bo'yicha rekordchi Lidiya Skoblikovaga etib oldi. Endilikda uning hisobida 6 ta oltin, 5 ta kumush va bitta bronza medali bor.
Bu sportning ushbu turi bo'yicha ayollar o'rtasidagi umumiy sovrinlar soni bo'yicha ham rekord natija hisoblanadi. Bundan tashqari, Vyust Jahon chempionatida individual yo'nalishda 15 bor, ko'pkurashda esa ettita oltin medalni qo'lga kiritgan.
Vyust bundan avval Turin 2006 (3000 m), Vankuver 2010 (1500 m), Sochi 2014 (3000 m va jamoa) va Pxyonchxan 2018 (1500 m) Olimpiadalarida g'alaba qozongan.
Olimpiada 2022. Konkida yugurish. Ayollar. 1500 m
1. Iren Vyust (Niderlandiya) — 1.53,28
2. Mixo Takagi (Yaponiya) — 0,44
3. Antuanetta de Yong (Niderlandiya) — 1,54...
Fikrlar