07 fev 17:11
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Kanadalik jurnalist bir nechta sport turi, xususan figurali uchishni Olimpiada dasturidan chiqarishga chaqirdi
Kanadalik jurnalist Sara Jenkinsning aytishicha, ayrim mamlakatlarning yaqqol ustunligi sababli bazi sport turlarini Olimpiadadan olib tashlash kerak.
"O'ylaymanki, bir nechta davlat hukmronlik qiladigan barcha sport turlarini Olimpiya o'yinlari dasturidan olib tashlashimiz kerak.
Rossiya tufayli figurali uchishni olib tashlash kerak. Konkida uchishni - Gollandiya tufayli. Bobsley ham O'yinlar dasturida bo'lmasligi kerak, chunki unda nemislar ustunlik qiladi. Norvegiya borligi uchun endi chang'i uchishning ham hojati yo'q", — deb yozdi Sara Jenkins Twitter'da.
Eslatib o'tamiz, bugun Olimpiadada figurali uchish bo'yicha jamoaviy bahslar yakunlandi. Unda Rossiya terma jamoasi jami 74 ochko bilan oltin medalni qo'lga kiritib, Olimpiada chempioniga aylandi.
(Kanadalik jurnalist Sara Jenkins)
Havola :
Manba : SPORT-EXPRESS.RU
Fikrlar