31 jan 16:02
Yangiliklar
O'zbekistonning ilk delegaciyasi Qishki Olimpiadaga jo'nab ketdi
Oq Olimpiadada yurtimiz sharafini birgina tog' chang'ichimiz Komiljon To'xtaev himoya qiladi. U ayni paytda Italiyada murabbiyi bilan musobaqaga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. To'xtaev Pekinga to'g'ridan-to'g'ri Italiyadan charter reys bilan uchadi.
Bugun esa O'zbekistonning dastlabki sport delegaciyasi Xitoyga jo'nab ketdi. Bizdagi malumotlarga ko'ra, kichik delegaciya tarkibidan Milliy olimpiya qo'mitasi Xalqaro bo'limi bosh mutaxassisi Nozim Atakulov hamda matbuot xizmati vakili Nurali Yo'ldoshev joy olgan. MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov esa 2 fevral kuni Pekinga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, Olimpiadaning tantanali ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev ham ishtirok etadi.
Fikrlar