08 fev 07:43
Yangiliklar
Pekin-2022. 15 yoshli Kamila Valieva Olimpiadada 4 ta rekord o'rnatdi
Valieva Pekin-2022 Olimpiadasining jamoaviy bahslari erkin dasturida biryo'la to'rtta rekord o'rnatdi. Yosh sportchi Olimpiya o'yinlarida to'rt aylanib sakrash (to'rttalik salxov), to'rt aylanib sakrash kaskad (to'rttalik tulup uchtalik tulup)ni amalga oshirgan birinchi ayol figurali uchuvchi bo'ldi.
SHuningdek, Valieva bitta dasturda ikkita to'rttalik aylanib sakrash mashqini ham bajardi. Kamilaning yana bir rekordi - to'rtta aylanali sakrash va uchtalik akselni amalga oshirganidan so'ng qayd etildi.
Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi kecha Pekindagi Olimpiadada figurali uchish bo'yicha jamoaviy bahslarda g'olib chiqdi. Kumush medal AQSH terma jamoasiga nasib etgan bo'lsa, bronza medaliga Yaponiya vakillari ega chiqishdi.
Kamila Valieva, Mark Kondratyuk, Anastasiya Mishina / Aleksandr Gallyamov va Viktoriya Sinitsina / Nikita Katsalapov figurali uchish bo'yicha Rossiya terma jamoasi tarkibida Olimpiya chempioni bo'lishdi.
Fikrlar