09 fev 12:59
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Pekin-2022. Figurali uchish bo'yicha jamoaviy bahslar natijasi qayta ko'rib chiqilishi mumkin
Pekin Olimpiadasida doping-test bilan bog'liq dastlabki nizoli vaziyat yuzaga kelmoqda.
Olimpiya o'yinlarida figurali uchish bo'yicha jamoaviy turnir natijalari Rossiya terma jamoasi figurali uchuvchisining doping-testi bilan bog'liq vaziyat tufayli qayta ko'rib chiqilishi mumkin. Bu haqda Inside the Games nashri xabar bermoqda. Nashrning yozishicha, muammo sportchining Olimpiada oldidan o'tgan testida yuzaga kelgan.
Eslatib o'tamiz, figurali uchish bo'yicha jamoaviy bahslar yakunlanganidan so'ng medallar o'z egalariga topshirilmagan edi. Bunga Xalqaro Olimpiya qo'mitasi vakili Mark Adams xalqaro federaciyadan huquqiy maslahat olish zarurati tufayli taqdirlash marosimi qoldirilganini malum qilgandi.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar