05 fev 10:13
Yangiliklar
Pekin-2022. Olimpiada sovrindori, 4 karra jahon chempionida kovid aniqlandi
Tog' chang'isi bo'yicha Norvegiya terma jamoasining etakchilaridan biri, ikkikurash bo'yicha Pekin Olimpiadasida ishtirok etishi kutilgan Yarl Magnus Riyberning koronavirus uchun topshirgan PCR-testi ijobiy natija berdi.
Riyber Olimpiada-2018 kumush medali sohibi, to'rt karra jahon chempioni hisoblanadi. Norvegiyalikning har ikkala PCR-test javobi ham sportchida virus borligini tasdiqlagan. Mutaxassislar tomonidan Magnus bir nechta oltin medallar uchun davogarlik qilayotgandi.
"Yigitlar, oltin medallar endi sizlarniki", — deya o'zining Instagram sahifasida surat va uning ostida izoh qoldirgan Riyber.
Etiborlisi, Norvegiya terma jamoasining olti nafar azosi Riyber bilan "kontakt"da bo'lgan. Ular orasida biatlonchi Ingrid Landmark Tandrevold, Yoxannes Byo, snoubordchilar Mons Roysland, fristaylchi Yoxanna Killi, tramplindan sakrash ustasi Anna Odine Stryom va Riyberning jamoadoshi Yorgen Grobak bo'lgan.
Fikrlar