19 okt 07:22
Yangiliklar
Pekin-2022 qishki Olimipiya o'yinlarining mashalasi alanga oldi
Mazkur tadbirda Greciya Prezidenti Katerina Sakellaropulu, XOQ Prezidenti Tomas Bax, Greciya MOQ rahbariyati va jahon sportining taniqli vakillari ishtirok etishdi.
Epidemiologik vaziyat sabab marosim muxlislarsiz o'tdi. Greciya MOQning malum qilishicha, mashala estafetasini tog' chang'isi bo'yicha greklarning taniqli sportchisi Ioannis Antoniu boshlab beradi. SHundan so'ng qadimiy “Panatinaikos” stadionida mashalani bo'lajak Olimpiada mezboni – Pekin shahri mutasaddilari va musobaqa tashkiliy qo'mitasi vakillari qabul qilib olishadi.
Malumotga ko'ra, ushbu tadbirga ham tomoshabinlar kirishi man etiladi. Tomas Bax boshchiligida o'tadigan marosimga akkreditaciyadan o'tgan 200 shaxs kira oladi. Mashala bugun, 19 oktyabr kuni Pekinga olib ketiladi.
Fikrlar