21 jan 13:49
Yangiliklar
Pekin Olimpiadasida sportchilar norozilik bildirilgan taqdirda akkreditaciyadan mahrum qilinadi
Pekin Olimpiadasida sportchining Olimpiya ruhiga yoki Xitoy qonunchiligiga zid bo'lgan har qanday xatti-harakati aniq jazoga tortiladi.
Pekin-2022 tashkiliy qo'mitasi direktorining xalqaro aloqalar bo'yicha o'rinbosari Yan SHu Olimpiadada norozilik namoyishlari bo'lishi mumkinligi haqidagi savolga javob berar ekan shunday dedi:
«Olimpiya ruhiga mos keladigan har qanday ko'rinish himoya qilinishiga ishonaman. Olimpiya ruhiga yoki Xitoy qonunlari va qoidalariga zid bo'lgan har qanday xatti-harakat, ana shunday mazmundagi nutq muayyan jazoga tortiladi», — dedi Yan SHu matbuot anjumanida.
Bunday holat Olimpiada ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilsa, sportchi akkreditaciyadan mahrum qilinishi, shuningdek boshqa sankciyalar ham qo'llanilishi mumkin.
Fikrlar