12 jan 17:55
Yangiliklar
Xitoyning uchinchi shahrida kovid tufayli lokdaun elon qilindi. Pekin-2022 tashkiliy qo'mitasi bu Olimpiada jadvaliga tasir qilishi mumkin deb hisoblaydi
Qayd etilishicha, dushanba kuni bu erda kovidning yangi shtammi - omikron bilan kasallanishning ikkita holati aniqlangan. Taxminlarga ko'ra, bu Tyanczindagi vaziyat bilan bog'liq bo'lishi mumkin, u erda ham ikkita infekciya holati qayd etilgan.
Anyan shahrida 5.5 mln nafar inson istiqomat qiladi - ularga ko'chaga chiqish taqiqlangan, favqulodda xizmatlar bilan bog'liq bo'lmagan har qanday transportga ruxsat etilmaydi. Lokdaun muddati qanchaga cho'zilishi nomalum.
Avvalroq, Sian va Yuchjou shaharlarida ham lokdaun elon qilingan edi.
Pekin qishki Olimpiya o'yinlari tashkiliy qo'mitasi matbuot kotibi Xuan CHunning aytishicha, eng yomon scenariyda omikronning tarqalishi o'yinlar jadvaliga tasir qilishi mumkin.
Olimpiada 4-20 fevral kunlari Pekinda bo'lib o'tadi.
Fikrlar